1957 yil, Toshkent shahri
Ma’lumoti oliy. 1980 y. Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: rus tili o‘qituvchisi
MEHNAT FAOLIYАTI
1980-1984 yy. Toshkent shahar, Olmazor tumani, 234-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi
1984-1995 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 250-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi
1995-2003 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 250-sonli maktabda direktor o‘rinbosari
2003-2004 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 250-sonli maktab direktori
2004-2005 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 250-sonli maktabda direktor o‘rinbosari
2005-2006 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 250-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi
2006-2011 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi metodisti
2011-2021 yy. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi metodisti
2021 y.-h.v. Toshkent shahar, Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va pedagogik psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho’basi metodisti
Lavozim vazifalari:
a) umumta’lim muassasalaridagi pedagog kadrlarni o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini zamonaviy turlari, kasbiy ta’lim shakllari va shartlari bilan tanishtirish;
b) o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari mutaxassisliklari va tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirish bilimlari hamda kasbga yo‘naltirish targ‘ibotini amalga oshirish;
v) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasbga yo‘naltirish xonalarini axborot, ma’lumotnoma, professiograma, tashxislash (psixodiagnostik testlar, so‘rovnoma va h.k.) va boshqa materiallar bilan jihozlashda metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
g) o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalari bo‘yicha bandlik xizmatlari, kasb-hunar ta’limi, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari, korxona va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
d) kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalariga ekskursiyalar va ma’ruzalar o‘tkazish, turli kasb vakillari bilan uchrashuv, suhbatlarni tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatish;
e) umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirishning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan metodik seminarlarni tuman (shahar) miqyosida tashkil qilish;
j) o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolarni tuzatishga qaratilgan ishlarni olib borishida metodik yordam ko‘rsatish;
z) nutqida nuqsoni bor bolalarni aniqlash, hisobga olish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etish va ularni faoliyatini muvofiqlashtirish;
i) Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyada, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan huquqlarga rioya qilish va erkinliklarini ta’minlash;
k) o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshirib borish va boshqa ko‘rinishdagi metodik ishlarda qatnashish;
l) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2-11-sinf o‘quvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarni tashkil etish va hisobotlarini umumlashtirish;
m) kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.