Endi 1000 ta umumta'lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan O‘zbekistondagi umumta'lim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda "Hancom academy" tomonidan maktablarda AKTdan foydalanish, IT kasb yo‘nalishlarida to‘garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o‘quv kompyuter sinflari to‘plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma'lum qilindi.
Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















