12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni!
Bu kun butun dunyo yoshlarining jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini yana bir bor taʼkidlaydigan muhim sanadir.
1999-yilda Lissabonda Butunjahon yoshlar ishlari bo‘yicha konferensiyada tasdiqlangan ushbu sana har yili dunyo bo‘ylab yoshlarning g‘oyalari va tashabbuslarini ilgari surish, ularning o‘rnini yanada kuchaytirish maqsadida keng nishonlanadi.
Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi barcha yoshlarni ushbu kun bilan samimiy qutlaydi! Kelajagimiz sizning qo‘lingizda, va biz sizga ishonamiz!
Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30-iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















