Kasblar tanlovining ilk bosqichiga start berilmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport, ta’lim, intellektual o‘yinlar balki, kasblar bo‘yicha ham iste’dod egalariga maydon yaratgan.
Bu yilgi Kasblar tanlovi “Men kelajakman” shiori ostida 15-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatimizning 9 452 ta mahallasida yoshlar o‘z kuch va bilimlarini saralash bosqichida sinovdan o‘tkazishadi.
Tanlov yosh quruvchi (suvoqchi), dizaynerlik (tikuvchi), elektromontaj, novvoychilik va payvandlash yo‘nalishlarida tashkil etiladi.
Tanlovning respublika final bosqichida 1-o‘rin sohiblari 2025-yilda Tayvanda o‘tkaziladigan “Worldskills Asia-2025” xalqaro kasblar musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu nafaqat yurtimizda, balki xalqaro maydonda ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyati!
Sizda ishtirok etish uchun haliyam imkon bor. Hoziroq 5tashabbus.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va musobaqalarga tayyorgarlikni boshlang!


14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi