Matbuot anjumani
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida Yoshlar ishlari agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova, Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Olimov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari Abdulla Aslanov va O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxoliqov ishtirok etdi.
2024-yilning sentabr oyidan boshlab, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mamlakatimiz bo‘ylab mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha uch bosqichli musobaqa start oladi. Ushbu sport tadbiri “O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi kubogi” uchun musobaqa sifatida o‘tkaziladi va yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni maqsad qilgan.
Tashkilotchilar: O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi va O‘zbekiston gandbol federatsiyasi.
Musobaqaning bosh maqsadi – 2022-yil 11-apreldagi Prezident qarori va 2024-yilgi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga undash, shuningdek, mahallalarda sport tizimini rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishdir.
Musobaqa uch bosqichda o‘tkaziladi:
- Tuman/shahar bosqichi (15-30-sentabr): Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida saralash musobaqalari.
- Hududiy bosqichi (10-18-oktabr): Tuman/shahar bosqichi g‘oliblari o‘rtasida musobaqalar.
- Respublika final bosqichi (3-6-noyabr): Hududiy bosqich g‘oliblari Respublika kubogi uchun kurashadi.
Gandbol musobaqalari O‘zbekiston Gandbol federatsiyasining qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Har bir jamoada 10 nafar yosh erkak sportchi, 1 murabbiy va 1 jamoa rahbari ishtirok etadi. Musobaqaning final bosqichida g‘olib jamoalar kubok va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ushbu sport musobaqasi yoshlarni sog‘lom turmush tarzi sari yetaklash va ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, o‘z mahallalari nomidan ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Musobaqaning tuman va shaharbosqichi 15-30-sentabr kunlari, viloyat bosqichi 10-18-oktabr kunlari hududlarda o‘tkaziladi va Respublika final bosqichi 3-6-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur musobaqada qatnashish orqali yoshlar nafaqat sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, balki o‘z iqtidorlarini namoyon qilishadi va sog‘lom turmush tarziga yanada yaqinlashishadi.
Musobaqalarda ishtirok etish uchun www.5tashabbus.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tiladi yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilinadi.
04.11.2024 / 09:24.Rossiyalik delеgatsiya vakillari Toshkent shahridagi 5-maktabda boʻldi
25.10.2024 / 10:16.239-sonli umumta'lim maktabi pedagoglar jamoasi va o'quvchilari ham “Milliy liboslar kuni” tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda
19.10.2024 / 02:05.Yunusobod tumani 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi