Tarix yozgan avlod – Vatan bag‘rida!

U-17 Osiyo chempionatida yurt sha’nini munosib himoya qilib, tarixiy natijani qayd etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Marosim davomida Prezidentimizning tabrigi (https://president.uz/uz/lists/view/8069) Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘qib eshittirildi. Tabrikda yoshlarga bo‘lgan katta ishonch, ularning fidoyiligi va yutuqlari alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, terma jamoa bosh murabbiyiga Prezident sovg‘asi “Equinox”, 23 nafar qahramonlarimizga esa “Kobalt” avtomobili sovg’a qilindi.
Bu e’tibor yurt farzandlariga bo‘lgan ehtirom va ishonch timsoli! Olg‘a O‘zbekiston!
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















