Poytaxtimizdagi “Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyi”da umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” 2025-yilgi mavsumiga start berish tadbiri boʻlib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abduraxmonov, Sport vaziri Adkham Ikramov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimova, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, ommaviy axborot vositalari hodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Musobaqalarga bir vaqtning o‘zida onlayn formatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat studiyalaridagi mas’ullar va sportchilar ishtirokida start berildi. 

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida yo‘lga qo‘yilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish an’anaga aylanib ulgurgani va yoshlarimiz har mavsumda o‘zgacha kayfiyat va shijoat bilan ishtirok etayotganliklari alohida ta’kidlashdi. 

Shu bilan birga yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizim bugun ommaviy harakatga aylanganligi qayd etildi.

Ma’lumot uchun umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida 9 ta sport turi (quvnoq startlar, shashka, shaxmat, yengil atletika, mini futbol, voleybol, stol tennisi, stritbol, vorkout) bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari 3 bosqichda (sektor – tuman – viloyat) joriy yilning sentyabr–dekabr oylari davomida o‘tkaziladi.