“Milliy va zamonaviy” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi
"Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Milliy va zamonaviy” tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi. Kuni kecha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida milliy cholgʻular hamda zamonaviy cholgʻular yo'nalishlarida mahallalardan chiqib kelgan iste'dodli yoshlar 6 ta nominatsiya bo'yicha tanlovning yakuniy final bosqichida bellashdilar.
Respublika bosqichiga yetib kelgan yoshlar o'rtasida qizg'in va shiddatli tarzda o‘tgan tanlov natijasiga ko‘ra Sergeli Shayxontohur, Yashnobod tumanlari nomidan poytaxt sharafini himoya qilayotgan ishtirokchilar yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Milliy cholgʻu "Dutor" yo‘nalishida 10-15 yosh toifasida 1️⃣-o'rinni Sergeli tumani "Sug‘diyona" mahallasi Rashidzoda Zaynabxon Husanjon qo'lga kiritdi.
Milliy cholgʻu "Dutor" yo‘nalishida 16-22 yosh toifasida 1️⃣-o‘rinni Shayhontoxur tumani Katta Oqtepa mahallasi Masharipova Ilmira qo'‘lga kiritdi.
Zamonaviy cholg‘u "Gitara" yo‘nalishida 16-22 yosh toifasida 3️⃣-o‘rinni Yashnobod tumani Qalqon mahallasi Suvonov Shoxrux qo'‘lga kiritdi.

G‘oliblarga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz. G‘alabangiz bardavom bo‘lsin!

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi