Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestrining namunaviy shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi.
Buyruq ilovasiga muvofiq, davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda quyidagi namunaviy shakllar asosida hujjatlar to‘ldiriladi va yuritiladi:
- Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma;
- Xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;
- Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyasi;
Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestri:
- Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimida manfaatlar to‘qnashuvi holati vujudga kelganda ushbu xodim tomonidan;
- Ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodim ishga qabul qilinayotganda, boshqa ishga o‘tkazilayotganda va yil yakuniga ko‘ra xodim tomonidan;
- Aloqador shaxslarning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya xodimga aloqador shaxslar tomonidan to‘ldiriladi.
Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi Manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reyestriga kiritiladi.
Ushbu namunaviy shakllar davlat organlari yoki boshqa tashkilotlarda manfaatlar to'qnashuviga oid yuqoridagi hujjatlarning to‘ldirilishi va yuritilishi bo‘yicha bir xil yondashuv va amaliyotni joriy etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur buyruq joriy yilning 6-dekabr sanasidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

24.06.2025 / 11:05.“Samara” tantanalar saroyida ana shu baxtiyor yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi o'tkazildi

19.06.2025 / 09:35.Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida faoliyat yuritayotgan “Kamalak” yozgi bolalar kunduzgi oromgohida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30.05.2025 / 10:09.Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta'lim maktabida “Metodik marafon” tadbiri bo‘lib o‘tdi