DIQQAT! RADIOVIKTORINA! “O‘ZBEK TILIM – G‘URURIM!”

⚠️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda “O‘zbekiston” radiokanali hamkorligida o‘zbek tilining tarixi, go‘zalligi va boyligini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbek tilim – g‘ururim” deb nomlangan radioviktorina tashkil qilindi!
⚠️Radioviktorina FM-103.1 to‘lqinida, haftaning seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda efirga uzatiladi.
⚠️Unda o‘zbek tili bilan bog‘liq savollar taqdim qilinadi. Ishtirokchilar telefon qo‘ng‘iroqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda o‘z javoblarini aytishlari mumkin. Radioviktorinada faol qatnashib, eng ko‘p TO‘G‘RI javobni yo‘llagan yurtdoshlarimiz “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” arafasida Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan taqdirlanadilar.
⚠️O‘zbek tilini qadrlagan, uning qadri va qaddi baland bo‘lishini istagan barcha yurtdoshlarimizni radioviktorinada ishtirok etishga chorlaymiz.
⚠️Demak, “O‘zbekiston” radiokanali FM-103.1 to‘lqinida! Seshanba va payshanba kunlari, soat 13 dan 10 daqiqa o‘tganda Sizni radioviktorinada kutamiz. 71-233-92-04 yoki 71-286-31-32 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zbek tili borasidagi bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















