Diqqat, tanlov!

🌈 5-dekabrdan 12-dekabrga qadar Respublika "Kamalak” bolalar tashkiloti, Xalq ta'limi vazirligi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag'ishlangan
III Respublika insholar tanloviga start beradi.
☝️Tanlov ikki yosh toifasi doirasida (online) o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.
Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:
🥇diplom va zamonaviy noutbuk;
🥈diplom, aqlli soat (smart watch) hamda telefon quvvatlagich (power bank 10 000 mAh);
🥉diplom, zamonaviy termos hamda xotira kartasi (fleshka).
Undan tashqari tanlovda g'olib bo‘lgan ishtirokchilarning insholari "Gulxan" jurnalida chop etiladi.
Tanlov yo’riqnomasi bilan ushbu havola (https://drive.google.com/file/d/16RgpIm-nelJq5X96RmzJFAK6Z7dyGqiq/view?usp=sharing)orqali tanishib insholaringizni 👉 @insholarbot'iga yuboring!
Barchangizga omad yor bo‘lsin!
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















