Diqqat - diqqat!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Ikki buyuk siymo” shiori ostida quyidagi g‘azalxonlik haftaligini e’lon qiladi!
🧡“Navoiy vorislari”
🧡“Navoiyni anglash”
🧡“Navoiy asarlarining bilimdoni”
🧡“Bobur asarlarining bilimdonlari”
🧡“Boburni anglash”
🧡“Bobur milliy bog‘i majmuasi”
Har bir ko‘rik-tanlovning o‘tkazilish tartibi haqidagi to‘liq ma’lumotlar Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi (https://t.me/XTV_respublika_bolalar_kutubxona)da e‘lon qilib boriladi.
Ushbu ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!
Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















