Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:
1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;
100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.
Kvotalar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yo‘nalishlari bo‘yicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan tanlab olinadi.

28.08.2025 / 10:20.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi

23.08.2025 / 02:35.Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 86-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “To‘rtinchi ustozlar milliy forumi” yuqori saviyada o‘tkazildi

18.08.2025 / 12:39.Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumtalim maktabi qoshidagi “Humo” yozgi bolalar kunduzgi oromgohi beshinchi mavsumining tantanali yopilish marosimi o'tkazildi