“Tabiat inʻomlari” respublika onlayn tanloviga start berildi!

✅Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Tabiat inʻomlari” respublika videoroliklar tanlovini e'lon qiladi!
Tanlovning maqsadi suv va energiya resurslaridan samarali foydalanishni targ‘ib qilish, tabiat in’om etgan boyliklarga nisbatan tejamkorlik mas’uliyatini oshirish, atrof-muhitni asrashga qaratilgan g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan iborat.
⚠️Tanlov shartlariga ko'ra suv va energiyani tejashga bagʻishlangan videorolik tayyorlab, uni @Tabiatnavolari telegram manziliga yuborish zarur.
Tanlov 10-fevral kuni soat 18.00 ga qadar davom etadi.
🎁Tanlov gʻoliblari Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
➡️Tanlovda respublikamizning barcha ta’lim muassasalaridagi 2-4-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining telegram kanalida eʻlon qilinadi!
♾Aziz oʻquvchilar!
Tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling. Barchangizga omad yor boʻlsin!
Tanlov nizomi bilan quyidagi havola (https://telegra.ph/Tabiat-inomlari-nomli-onlayn-ertaklar-videoroliklari-tanlovi-NIZOMI-01-23) orqali tanishish mumkin.
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















