Diqqat, attestatsiya!

Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlanadi.
Sinov jarayonlariga mamlakatimiz boʻylab bir xil vaqt — soat 8:00 da start beriladi.
Hurmatli pedagoglar!
Sizlardan jarayonlarning adolatli va shaffof oʻtkazilishida faol bo‘lish hamda attestatsiya davomida faqat oʻz bilimingiz va malakangizga suyanishingizni soʻrab qolamiz.
Malaka toifa sinovlarida barchangizga omad tilaymiz!
Aziz pedagoglar!
Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.
Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.
Qadrli ustozlar!
O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.
Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!
Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.10.2025 / 07:53.Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta’lim maktabi mukammal qayta rekonstruktsiya qilinib, tantanali foydalanishga topshirildi