O‘zbekistonlik o‘quvchilar Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etish uchun Malayziyaga yo‘l oldi
Saralash olimpiadalari natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadi va ushbu olimpiadada eng yuqori natijalarni qayd etgan 5 nafar o‘quvchilar 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli 54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.
Joriy yilda 54-Xalqaro fizika olimpiadasi(IPhO)da 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
Xashayev Ildar Muslimovich Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani 71-sonli maktab 10-sinf o‘quvchisi;
Sadullayev Javohir Ikram o‘g‘li Qoraqalpog‘iston R. Nukus shahar ITMA PM 10-sinf o‘quvchisi;
Rajabov Dilshodbek Xasanboy o‘g‘li Xorazm viloyati Xazorasp tumani ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
Ravshanov Ozodbek Zufarjon o‘g‘li Toshkent shahar Yunusobod tumani ITMA M.Ulugʻbek TIM 11-sinf oʻquvchisi ;
Doniyorov Nodirjon Olimjon oʻgʻli Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 96-sonli maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Mamaniyozov Abdulloh Abdurahim o‘g‘li Toshkent shahar Yunusobod tumani ITMA M.Ulug‘bek TIM 10-sinf o‘quvchisi;
Shukrullayeva Vasila Fazliddinovna Buxoro viloyati Qorako‘l tumani BuxDU AL 11-sinf o‘quvchisi;
Eshonqulov Sayfiddin Do‘stqobil oʻgʻli Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli maktab 11-sinf o‘quvchisi;
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















