2024-2025-o'quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-BOSQICH:20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH:1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlariquyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi adm.maktab.uzga kiritiladi.
MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















