“Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi
Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
➖ Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida “Marshall Cavendish Education” tashkiloti Prezidenti Siew Peng Yim, Singapur Taʼlim vazirligi masʼul xodimi Khairi Sallehudin Otman va xorijiy ekspertlar taqdimotlarda o’z tajribalari bilan bo’lishishdi.
➖ Unda xususan ta'limni raqamlashtirish, o'qituvchilar salohiyatini oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik loyihalari haqida so'z yuritildi.
Konferensiyaning mantiqiy va uzviy davomi sifatida singapurlik ekspertlar tomonidan joriy yil 10-14-iyun kunlari maktab direktorlari hamda 8-12-iyul kunlari matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha treninglar olib boriladi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















