Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan.
Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi.
Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi.
Xususan:
➖vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi,
➖maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi.
Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi.
Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.
Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda.


04.08.2025 / 08:04.Yunusobod tumanidagi 53-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlardan ota-onalar behad mamnun

31.07.2025 / 08:00.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish oyligi” doirasida “Baxtli bolalik” mavzusida amaliy tadbiri bo’lib o’tdi

11.07.2025 / 10:01.Yunusobod tumanidagi 9-IDUMda "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi