“Zakovat” intellektual oʻyini doirasida “Vazir kubogi” tashkil etildi
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-yanvardagi 96-son qaroriga asosan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi, xususan davlat xizmatchilari oʻrtasida keng ommalashtirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Vazir kubogi” tashkil etildi.
Zakovat intellektual klubi bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan musobaqada vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hamda maktabgacha va maktab taʼlim muassasalari pedagoglaridan iborat jami 72 ta jamoa (420 nafar ishtirorkchi) gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishdi.
Qizgʻin va doʻstona ruhda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini natijalariga koʻra:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi markaziy apparatining “Blockchain” jamoasi — 1-oʻrin;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Usturlob” jamoasi — 2-oʻrin;
Vazirlik tizimidagi “Oʻzbekiston” NMIUning “Strike” jamoasi — 3-oʻrinni egallashdi.
Musobaqaning peshqadam jamoasi — “Blockchain” vakillari Vazir kubogi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, gʻolib jamoalar tegishli ravishda oltin, kumush, bronza medallari, maxsus Diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi
03.11.2025 / 09:40.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Kelajak soati” loyihasi doirasidagi mashg'ulotlar yuqori saviyada tashkil etildi
03.11.2025 / 09:36.Yunusobod tumanidagi “Toychoq” nomli 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o'tkazildi





















