O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda
Matematika fanidan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a‘zolari va trenerlari qatnashadigan “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tayyorgarilk, 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan intellektual oromgoh Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir deb hisoblanmoqda.
Armaniston, Ozarbayjon, Botswana, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Kamerun, Kanada, Kosta-Rika, Estoniya, Gana, Vengriya, Eron, Italiya, Qirg'iziston, Litva, Mavritaniya, Meksika, Moldova, Mongolyia, Pokiston, Peru, Polsha, Ruminiya, Rwanda, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Serbiya, Tailand, Uganda, O‘zbekiston, Xitoy mamlakat terma jamoalari va ishtirokchilari qatnashayotgan intellektual oromgohda xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalar qayd etgan, dunyo tan olgan matematiklar iqtidorli yoshlar bilan kombinatorika, algebra, sonlar nazariyasi va geometriya kabi yo'nalishlarda o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida 65-Xalqaro matematika olimpiadasi tashkil qilinadi. Terma jamoamiz a'zolaridan mazkur nufuzli olimpiadada yuqori natijalarni kutib qolamiz va ularga omad tilaymiz.

24.10.2025 / 05:01.Yunusobod tumanidagi “Nurli kelajak” nomli 43-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Non - rizq-ro’zimiz, dasturxonimiz ko’rki” mavzusida amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar





















