“Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli ikkinchi o'rinni egalladi
Umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.
Qozog‘istonda bo’lib o’tgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
18-22-iyun kunlari bo’lib o’tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi.
Unda 8 ta davlatdan 42 ta jamoa vakillari o’zaro kuch sinashishdi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra:
Qozog‘iston terma jamoasi — I o‘rinni,
O‘zbekiston terma jamoasi — II o‘rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa III o‘rinni egalladi.
G’oliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















