“Eng faol yosh xodim” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi g’oliblari taqdirlandi.
Tadbirda vazir o’rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi va barcha g’oliblarni samimiy tabrikladi.
Yakuniy natijalarga ko’ra:
Yuldasheva Zamira, Sirdaryo viloyati — 1-o’rinni,
Xujamshukurov Tolibnazar, Toshkent shahar — 2-o’rinni,
Qodirov Jahongir, Qashqadaryo viloyati — 3-o’rinni egalladi.
Ma’lumot o’rnida: joriy yilning 25-26-iyun kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshdan oshmagan xodimlar oʻrtasida “Yilning eng yosh faol xodimi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Mazkur tanlovda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 nafar yosh xodimlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Yoshlar muammolarini yechishda yangicha yondashuv” mavzusida taqdimot qilishdi hamda Yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha bilimini baholash maqsadida savol-javob shartlari asosida bellashishdi.
Barcha g’oliblarni samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















