"Ta'tildagi oqshom" ko'rgazmali konsert dasturi o'tkazildi
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ta’tildagi oqshom” nomli ko‘rgazmali konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida:
to‘garak a’zolarining ijodiy ishlaridan ko‘rgazma;
ijodiy sahna ko‘rinishlari;
sportchi bolalar tomonidan tryuklar;
konsert dasturi;
"Muzqaymoq party" tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘z sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan to‘garak rahbarlari tomonidan mahorat mashg‘ulotlari (master klass) bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlash hamda umumta’lim maktablarida ichki ro‘yxatda turgan o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb etish maqsadida o‘tkazildi.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















