O'quvchilarimiz SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida ishtirok etishadi
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida bo’lib turishibdi.
Delegatsiya tarkibida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mas’ullari ham ishtirok etishmoqda.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Respublika STEAM innovatsiya markazida bo’lib, istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar STEАM yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy tajriba va hamkorlik aloqalarini kuchaytirish haqida so’z yuritishdi.
Shuningdek, A.Muzaffarov nomidagi 2-sonli maktabda bo’lib, muassasa faoliyati, o’quvchilar yutuqlari hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishishdi.
Muzokaralar davomida joriy yil bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Ozarbayjonning SAF xalqaro innovatsion loyihalar festivalida o’zbekistonlik o'quvchilarning ham ishtirok etishi bo’yicha kelishib olindi.
Ma'lumot o'rnida: mazkur festival 3 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















