Oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha Germaniya tajribasi oʻrganilmoqda
Ayni kunlarda oʻzbekistonlik bir guruh taʼlim sohasi ekspertlari oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatishning Germaniya tajribasi bilan tanishish maqsadida Berlin shahrida boʻlib turishibdi.
➖ Germaniya hamkorlik jamiyati (GIZ) tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirlarda Germaniya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (DGB), Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (DIHK), Berlin global oʻrganish markazi (EPIZ), Kasbiy taʼlim va trening boʻyicha federal instituti (BIBB) hamda yirik ish beruvchi korxonalar (BVG, Schindler) vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi vakillari bilan yurtimiz oʻquvchi-yoshlarini kasb-hunarga oʻrgatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















