“Yoshlar ovozi” ko’rik tanlovi g’olibi, Belarusiyadagi xalqaro tanlov Gran-pri sohibi!
“Yoshlar ovozi” ko’rik tanlovi g’olibi, Belarusiyadagi xalqaro tanlov Gran-pri sohibi!
Belarus Respublikasidan ajoyib xushxabar. Hamyurtimiz 51-maktab o'quvchisiYasmina Husniddinova Vitebskda o‘tkazilayotgan “Slavyan bozori” xalqaro san’at festivali doirasida tashkil etilgan Xalqaro bolalar musiqa tanlovida Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Mukofotni xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.
Alohida qayd etish lozim, Yasminaxon joriy yilning may oyida o‘tkazilgan “Yoshlar ovozi” tanlovining “Estrada” yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni egallab 50.000.000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritgan.
Bu yutuqlar, mamlakatimizda ta’lim va madaniyat sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin natijasi, totli mevasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi yosh iste’dod egasini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















