Ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan bolalarning yozgi ta'til davomida nimalar bilan band ekanligini aniqlash maqsadida ota-onalar o‘rtasida ijtimoiy so’rovnoma o‘tkazildi.
Unda 4668 kishi ishtirok etdi. Natijalar quyidagicha:
Ishtirokchilar javoblaridan ko‘rish mumkinki, yozgi ta'til davomida o‘quvchilarning katta qismi qo‘shimcha darslarga qatnashadi (51%).
Bu bilan ular yangi o‘quv yiliga tayyorlanishadi, yozning 3 oyidan unumli foydalanib, yangi ko‘nikmalarni qo‘lga kiritishadi.
So‘rovnomada qatnashgan 42% ota-onalar esa farzandim ta'til davomida uyda, uy ishlariga yordamlashadi, deb javob berishgan.
Undan keyingi o‘rinda bolalarning ta'til davomida bobo-buvisinikida (12%) va oromgohlarda (10%) o‘tkazishi ko‘rsatkichi egallaydi.
Ishtirokchilarning 5 foizi bolalari ta’tilni xorijda o‘tkazishlarini bildirishgan.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















