“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda vazir Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.
Yuqori malakali metodist-tarbiyachi va tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda umumiy hisobda 11 320 nafar tarbiyachi ishtirok etdi. Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachilar 6 ta nominatsiya doirasida oʻzaro bahs olib borishdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Belgilangan 4 ta nominatsiya boʻyicha birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishdi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















