“Ustozlar milliy forumi” Toshkent shahar bosqichi ko'tarinki ruhda o'tkazildi
Poytaxtimizdagi TMC Xalqaro Institutida “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida uchinchi “Ustozlar milliy forumi” Toshkent shahar bosqichi ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
Ikki kun davomida forumi doirasida treninglar yangicha ruh, yangi gʻoyalar va oʻzgacha shukuh bilan uyushtirildi. Tumanlardan tashrif buyurgan tajribali va fidoyi ustozlarga darsliklardagi yangiliklar, taʼlimdagi oʻzgarishlar va yangi innovatsion dars oʻtish metodlari haqida maʼlumot berilib, amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.
Bugun o'tkazilgan Forumning tantanali yalpi yig'ilishi ham ishtirokchilarga o'ziga xos ko'tarinkilik baxsh etdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi mas'ullari, faxriy pedagoglar ham qatnashdi. Fidoiy va tajribali pedagog-o'qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.


30.08.2025 / 08:43.Yunusobod tumani 288-umumta’lim maktabida 1-sonli pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi

30.08.2025 / 08:36.Yunusobod tumani 288-sonli umumta'lim maktabida “Mahoratli o'qituvchi — millat tayanchi” shiori ostida To'rtinchi ustozlar milliy forumining maktab bosqichi bo'lib o'tdi

28.08.2025 / 10:20.Yunusobod tumanidagi 206-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi