Yunusobod tumanida joylashgan 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizda zamonaviy shart-sharoitlarga ega umumta'lim muassasalari soni tobora ortib bormoqda. Jumladan, Yunusobod tumani “Sobirobod” mahallasida joylashgan 259-sonli umumta'lim maktabi to'liq mukammal ta'mirlanib, tantanali foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i N.Husanboyeva, Yunusobod tumani hokimi o'rnibosari J. Nabiyev, sektor rahbarlari,mahalla faollari va ota-onalar ishtirok etdi. Davlat investitsiya dasturi asosida kapital ta'mirlangan mazkur maktab 1280 nafar o'quvchi tahsil oladi. Unda sport zallari, sinf xonalari, oshxona zamonaviy jihozlandi. Muhimi, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun barcha qulaylik yaratildi.

12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















