Prezident topshiriqlari ijrosi amalga oshirilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida "Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, kuni kecha pedagoglar bilan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, endilikda pedagoglar malakasini oshirishning “vazirlik – malaka oshirish markazi – maktab va bogʻcha” vertikal tizimini yoʻlga qoʻyilishi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining har bir hududiy markaz direktorlariga bir nafardan chet ellik ekspert maslahatchi sifatida biriktirilishini aytib oʻtdi. Qayd etilganidek, Davlatimiz rahbari tomonidan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha imzolanga qaror asosida vazirlik tizimida Oʻquvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, endilikda xalqaro olimpiada terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha BHMning 35, 25, 15 baravari miqdorida ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilari uchun beriladigan pul mukofotlari daromad soligʻidan ozod qilinadi.

25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















