Yunusobod tumani 560-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Poytaxtimizning Yunusobod tumani “Sevinch” mahallasida joylashgan 560-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qo'shimcha yangi bino tantanali foydalanishga topshirildi.
Jumladan, tashkilot hududida 98 kv.m dan iborat bo'sh bino “World-Class Houses” MCHJ tomonidan ta'mirlanib, og'ir turdagi 4 turdagi tashxisli bolalar uchun 2 guruhli “G'amxo'rlik” guruhi uchun shart-sharoit yaratildi. Buning natijasida 32 nafar bolani qamrab olish imkoniyati imkoniyati paydo bo'ldi. Unda gidromassaj va davolovchi mashqlar kompleks xonasi, malakali tibbiy xizmat xonalari mavjud.
Ochilish marosimida Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, tuman hokimi va sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
12.02.2026 / 05:58.Yunusobod tumanidagi 53-sonli DMTTda "Reggio yondashuvi asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish" mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi





















