Giyohvand va psixotrop moddalar qanday oqibatlar olib kelishi haqida trening bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Yunusobod tumani 63-sonli maktabda Shahriston MFY yettiligi yoshlar bilan ishlash vakili, maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda o'quvchilar o‘rtasida avj olib borayotgan giyohvandlik, psixotrop moddalarga qaramlikning oldini olish, o'quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni yanada yaxshilash maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida maktab direktori, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosari, CHQBT fani o'qituvchisi, mahalla yoshlash yetakchisi hamda Milliy Gvardiya Bolalar bilan ishlash bo‘lim inspektor psixologlari tomonidan o'quvchilar tushunchalar berib o‘tildi va o'quvchilar bunday giyohvand va psixotrop moddalar qanday oqibatlar olib kelishi haqida ijtimoiy roliklar qo‘yib berildi va ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















