“Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda respublika bosqichlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.
➖ Musobaqaning tuman (shahar) bosqichi 7-10-oktabr kunlari, hududiy bosqichi 21-25-oktabr kunlari tashkil etildi.
Bugun boʻlib oʻtgan musobaqaning Respublika bosqichi yakuniy natijalariga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:
🥇1-oʻrin — Toshkent shahar jamoasi;
🥈2-oʻrin — Jizzax viloyati jamoasi;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:
2016-yil tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:
🥇1-oʻrin — Xadicha Asadullayeva (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Kamila Qilichova (Buxoro viloyati);
🥉3-oʻrin — Esmira Abilkirimova (Samarqand viloyati)ga;
2017-yilda tug’ilgan o’quvchilar o’rtasida:
🥇1-oʻrin — Samira Xolmurodova (Toshkent shahri);
🥈2-oʻrin — Samira Nosirjonova (Namangan viloyati);
🥉3-oʻrin — Samira Jurayeva (Buxoro viloyati)ga nasib qildi.
Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















