“Yashil shahar” aksiyasida poytaxtimiz umumta'lim maktablari pedagog-xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda

Shu kunlarda yurtimiz bo'ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o'tkazilayotgan “Yashil shahar” aksiyasida poytaxtimiz umumta'lim maktablari pedagog-xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, Yunusobod tumanidagi 258-sonli umumta'lim maktabida ham barcha o'qituvchi va texniklar xodimlar mazkur xayrli tadbirda uyushqoqlik bilan qatnashdilar. Loyiha doirasida ta'lim maskani obodonlashtirilib, ko'kalamzorlashtirildi. Maktab hududiga 200 tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.
Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva ham ishtirok etdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















