“Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan tayyorlangan “Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi” nomli kitob taqdimoti oʻtkazildi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farxod Boqiyev, Jamoat xavfsizligi universiteti masʼullari, kitob mualliflari va pedagoglar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida soʻzga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini oʻquvchi-yoshlarimizga tushunarli tilda yetkazib borish ekanligi taʼkidladi.
Aytish joizki, mazkur kitob maktab oʻquvchilarini rang-barang tasvirlar va soddalashtirilgan sxemalar orqali Bosh qomusimizni yanada osonroq idrok etishi hamda mamlakatimizning asosiy qonunining murakkab huquqiy tilini anglab yetishida xizmat qiladi.
Kelgusida ushbu kitobni respublikamizdagi barcha umumtaʼlim muassasalariga yetkazib borish rejalashtirilgan.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















