Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 88-sonli umumta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirga tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, mehnat faxriylari, prokuratura, ichki ishlar bo'limi, Milliy gvardiya vakillari, mahalla faollari va ota-onalar taklif etildi.
Maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan ona-Vatanni, tinchligimiz va farovonligimizni madh etuvchi badiiy dastur namoyish qilindi. Tadbir qatnashchilari o'z chiqishlarida Bosh qomusimiz va uning ahamiyati haqida hayotiy misollar orqali o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















