“Jadidlar izidan” Respublika tanlovi g‘oliblari xorijga ta’lim sayohatiga yuboriladi

Xabaringiz bor, vazirlik tomonidan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etilgan.
Bugun butun Respublikadan saralab olingan tanlov ishtirokchilari poytaxtdagi “Turkistonga maktub” Jadidlar ko‘rgazmasida bo‘lishdi.
So‘ngra Maktabgacha va maktab ta’imi vaziri Hilola Umarova o‘quvchilar bilan uchrashib, ularni tanlovning Respublika bosqichidagi ishtiroki bilan qutladi va so‘nggi bosqichda omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, 18-20-dekabr kunlari tanlovning Respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Tanlovning Respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















