Xalqaro exspertlar bilan hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti (https://t.me/avloniyuz/7928), Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.
Bugun dastur doirasidagi dastlabki tadbir tashkil etilib, unda singapurlik tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro ekspertlar Doktor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, Doktor Turner hamda matematika fanidan Kanan Ramdas (Raj) Dr Oh Boon Seng Brandonlar qatnashdi.
Ma'lumot uchun, tashkil etilayotgan treninglarda Respublikaning barcha hududlaridan ilg‘or ish tajribasi hamda pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilar master-trenerlar sifatida tanlab olingan.
Trening jarayonlari 5 kun davom etadi. Treninglarda ishtirok etgan master trenerlar kelgusida kaskad usulida o‘z hududlarida treninglar tashkil etishlari rejalashirilgan.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















