Vazirlik huzurida taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga asosan:
➖ davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkaziladi;
➖oziq-ovqat xarajatlarining (natura koʻrinishida) hisobi "Bolalar bogʻchasi" maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi;
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.
Keng jamoatchilik hamda ota-onalar tomonidan autsorserlar faoliyatiga doir bildirilayotgan taklif va shikoyatlar Markazning "QR-Feedback" axborot tizimi orqali kiritib boriladi.
Qarorga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etilmoqda.
Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:
➖ davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish;
➖ ovqatlantirishni tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
➖ autsorsing asosida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda davlat xaridlarini amalga oshirish;
➖ maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
➖ autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi hamda investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini monitoring qilish.
Shuningdek, ushbu qaror bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” tasdiqlandi.
Mazkur Nizom bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

18.05.2025 / 10:58.Yunusobod tumanidagi 246-maktab ma'muriyati tashabbusi bilan tashkil etilgan “Book Lab” kutubxonasining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi

10.05.2025 / 12:31.“Samara” tantanalar saroyida Yunusobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida uzoq yillar tizimda samarali faoliyat olib borgan rahbar va pedagog-tarbiyachilar mehnati alohida e'tirof etildi

06.05.2025 / 09:02.Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabida “Xotira — abadiy, qadr — muqaddas!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifi tadbir o'tkazildi