2025-yil 1-yanvardan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilandi

Mening ikki nafar farzandim bogʻchaga boradi. Bogʻcha tarbiyachilari shu oydan boshlab bogʻcha puli oshganligini aytyapti. Agar toʻgʻri boʻlsa, endilikda ikki nafar bolamga qancha pul toʻlayman?
Ha, toʻgʻri. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi “Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida bolalar taʻminoti uchun ota-onalar toʻlovi mikdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorida:
2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari belgilanganligi koʻrsatilgan.
Ushbu toʻlov miqdorlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.
Maʼlumot uchun: davlat maktabgacha tashkilotiga bir oiladan boradigan bir nafar bola uchun alohida, ikki va undan ortiq bolalar uchun alohida ota-onalar toʻlovi belgilangan.
Bu tartibni poytaxtimiz misolida oladigan boʻlsak, maʼlum bir oiladan davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan bir nafar bola uchun 272 ming soʻm, oʻsha oiladan aynan shu davlat maktabgacha tashkilotining 9 soatlik guruhiga boradigan ikki va undan ortiq bolalarning har bir uchun 194 ming soʻm toʻlanadi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















