Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tizim tashkiloti xodimlari uchun iqtisodiy oʻquvlar oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Hisob palatasi masʼullari tomonidan mutaxassislarning ish yuritish malakasi hamda kasbiy darajasini oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tarkibiy boʻlim rahbarlari uchun iqtisodiy oʻquv oʻtkazildi.
O‘quv seminarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ochib berdi.
➖ Dastlab, oʻtgan yillarda “ijro.gov.uz” tizimida nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar xususida so‘z yuritildi.
Soʻngra so‘zga chiqqanlar tomonidan oʻquv mashgʻuloti ishtirokchilari uchun 2024-yilning soʻnggi oylari davomida Davlat Rahbari tomonidan oʻtkazilgan hududlar va tarmoqlar boʻyicha qator yigʻilish va taqdimotlar natijalari yuzasidan qabul qilingan 76 ta hujjat ijrosi taʼminlanishi boʻyicha zaruriy koʻrsatma va takliflar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi, normativ-huquqiy hujjatlari kelishi kabi masalalar yuzasidan ham hamkor tashkilotlar mutaxassislarining taqdimotlari tanishtirib oʻtildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















