Maktabimizda "Ma’naviyat kutubxonadan boshlanadi" mavzusida tadbir o‘tkazildi

Maktabimizda Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda "Mukammallik sari o‘qi" loyihasi asosida "Ma’naviyat kutubxonadan boshlanadi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo'limi bosh mutaxassisi Axmedov Shohruh Yunusobod tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo'limi bosh mutaxassisi Xaydarova Charos Isroilovna, Yunusobod tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo'limi bosh yetakchisi mutaxassisi Abdurayimov Xumoyun Xo'jamurod o'g'li,Yunusobod tumani
2 - sonli Ichki ishlar bo'limi Xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektori Ubaydullayeva Dilnoza, Yunusobod tuman "Uvaysiy" MFYig'ini raisi Yunusov Nig'matilla, "Uvaysiy" MFY xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchi Usmonova Donoxon, Yunusobod tuman "Uvaysiy" MFY Yoshlar yetakchisi Shermatova Shahnoza, hamda Maktabgacha va maktab ta'limi darsliklar bo'yicha metodisti Xo'jamuratova Sevara Sobirovna va 63,70,150,258,271,272,274,288,302,313- maktablarining Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab kutubxona mudirlari qatnashdilar. Ushbu maktab kutubxonalariga Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat markaz tomonidan har bir maktablar uchun 200 donadan kitoblar taqdim etildi.Tadbirda 4 "A" sinf o'quvchilari Vatan, kitob haqida she'r va qo'shiq aytdilar. 10-"A" sinf o'quvchilari "Turon" teatri jamoasi "Jadidlar izidan" klub a'zolari Behbudiyning "Padarkush" asaridan parcha namoyish etdilar.
"Quvnoq ovozlar" to‘garak ishtirokchisi 6-"D" sinf qizlari" Andijoncha raqs ijro etdilar. Albatta, tadbirning o'tkazilishida Yunusobod tumani 25-sonli madaniyat markazining ,,Nastarin"estrada vokal - cholg'u ansamblining chiqishlari bilan ko‘tarinki ruh berdi va tadbir ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi