Milliy gvardiya bilan hamkorlikdagi ishlar muhokama qilindi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova hamda Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev ishtirokida umumtaʼlim maktab oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi hamda davomatini yaxshilash borasidagi hamkorlik ishlarini yanada kengaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
📍 Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazirlik hamda Milliy gvardiya masʼul xodimlari, umumtaʼlim maktablarida mehnat qilayotgan 2 000 nafardan ortiq inspektor psixologlar va soha vakillari qatnashdi.
➖ Yigʻilish avvalida oʻquvchilarning davomatini yaxshilash boʻyicha hamkorlikda olib borilayotgan ishlar alohida qayd etib oʻtildi. Taʼkidlanganidek, “Maktab – ota-ona – mahalla” tamoyili asosida birgalikda yoʻlga qoʻyilgan ishlar natijasida qisqa vaqt ichida oʻquvchilarning davomatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatildi.
➖ Hozirda yuqori sinf oʻquvchilari davomati bilan bogʻliq muammolar aniqlanib, tahlil etib kelinmoqda. Elektron platformaga kiritilgan davomat maʼlumotlari bilan ayrim sinflardagi real davomat oʻrtasida tafovut sabablari doimiy ravishda oʻrganib kelinmoqda.
➖ Yigʻilishda maktab direktorlarining davomat koʻrsatkichlarini aniq va ochiq koʻrsatish, buning uchun joylarda zarur tushuntirish ishlarini olib borish boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
👉 Vazirlik hududiy boʻlinmalari rahbarlari, maktab direktorlari va inspektor-psixologlarga davomat masalasini doimiy tahlil etib borish, aniqlangan kamchiliklarni oʻz muddatida bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















