Endi Respublikamiz bo‘ylab yana 6 ta hududda o‘quvchilar uchun DELF imtihonlarini topshirish imkoniyati yaratiladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorligida umumta’lim maktablarining fransuz tili ustozlari bilan uchrashuv hamda taqdirlash marosimi tashkil etildi.
📍Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez, vazirlik mutasaddilari hamda pedagoglar ishtirok etdi.
➖ Vazir Hilola Umarova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda soʻnggi yillarda hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdi.
Shundan so‘ng, DELF xalqaro sertifikati sinovlaridan eng yaxshi natija qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.
🔰 Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda vazirlik hamda Fransiya elchixonasi hamkorligida yurtimiz maktablarida faoliyat yuritayotgan 120 nafar fransuz tili oʻqituvchilari Fransiyaga grant asosida oʻqishga yuborildi.
Tadbirdan so‘ng Fransiya elchisi uchun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti binosi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi va institut kutubxonasiga sovg'a qilingan 380 ta fransuz tilidagi kitoblar qabul qilib olindi.
❗️Shuningdek, tadbir doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va elchixona oʻrtasida maktab oʻquvchilari uchun “DELF SCOLAIRE” imtihon markazlarini tashkil etish boʻyicha shartnoma ham imzolandi.
Ushbu shartnoma Fransiya Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy diplomi boʻlgan Fransuz tili taʼlimi diplomining maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan shakli (DELF scolaire) endilikda nafaqat Toshkent va Samarqand shaharlaridagi Fransuz Alyansi markazlarida, balki Oʻzbekistondagi yana 6 ta hududdagi umumta’lim maktablarida topshirish imkoniyati yaratildi.

18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar

14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi