Frantsiya Qurolli Kuchlari Sen-Sir Koetkidan harbiy maktablar majmuasi huzuridagi Umumqoʻshin harbiy maktabi kursanti kichik leytenant Fransua-Andre Kyukshi tashrif buyurdi

Joriy yilning 6-fevral sanasida Yunusobod tumani 5-sonli umumta’lim maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga qisqa muddatli amaliyot oʻtash maqsadida kelgan, Frantsiya Qurolli Kuchlari Sen-Sir Koetkidan harbiy maktablar majmuasi huzuridagi Umumqoʻshin harbiy maktabi kursanti kichik leytenant Fransua-Andre Kyukshi tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida mehmon maktabda davlatimiz tomonidan o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, maktab binosi, kututbxona va sport zali, shuningdek maktabdagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani xonasida bo‘lib, o‘quvchi yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida olib boriladigan tadbirlar bilan tanishdi. O‘zini qiziqtirgan savollarga javob olib, maktab yuqori sinf o‘quvchilari bilan avtomat yig‘ishda bellashdi.
Yunusobod tumani Maktabgacha va
maktab ta'limi bo‘limi Matbuot xizmati.
18.10.2025 / 10:15.Yunusobod tumani MMTB tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-7-8sinf hamda 9-10sinf o'quvchilar toifasida "JADIDLAR IZIDAN" Respublika tanlovini tuman bosqichidagi taqdirlash jarayonlaridan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:32.Yunusobod tumani 499-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida Kelajak soatidan fotolavhalar
14.10.2025 / 10:25.Yunusobod tumani 260-umumta’lim maktabida Mohir adiba va jurnalist Dilfuza Qarshiboyeva ishtirokida “Ma’rifat ulashib” nomli adabiy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi





















