Hazrati Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'riy tadbir bo'lib o'tdi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta'lim maktabida ikki buyuk siymo — Hazrati Alisher Navoiyning 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'riy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi raisi Iqbolxon Ashrapova, tuman madaniyat markazi rahbari Abduaziz Qo'shmurodov, "Jasorat" ansambli, "Mingchinor" mahallasi raisi Xolida Fozilovalar tashrif buyurdi.
Unda maktabning “Turon” teatri jamoasi buyuk siymolarning hayoti va ijodidan sahna ko'rinishlari namoyish etishdi. O'quvchilar tomonidan badiiy dastur ijro qilindi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















