“Ta’lim va biznes hamkorligi – muvaffaqiyat kaliti!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida ta’lim va biznes hamkorligini mustahkamlash maqsadida “Ta’lim va biznes hamkorligi – muvaffaqiyat kaliti!” shiori ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir Savdo-sanoat palatasi, Yunusobod tuman prokuraturasi va Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ajoyib muvaffaqiyat yo‘liga ega yirik tadbirkorlar ishtirok etib, o‘quvchilarga o‘z tajribalari, muvaffaqiyat siri va tadbirkorlikka qadam qo‘yish haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar ishbilarmonlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tadbirkorlik dunyosidagi eng zamonaviy tendensiyalar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda tadbirkorlikka qiziqish uyg‘otish, ularni kelajakdagi kasbiy yo‘nalishiga to‘g‘ri yo‘naltirish va biznes sohasida muvaffaqiyat qozongan shaxslarning tajribasidan o‘rganishga imkon yaratish.
Ushbu tashabbus yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga, ularni mustaqil va mas’uliyatli shaxs bo‘lib voyaga yetkazishga ham xizmat qiladi.
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi
14.11.2025 / 09:43.Yunusobod tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Inson qadri, el-yurt baxti uchun” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
03.11.2025 / 09:44.Yunusobod tumani 206-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yo'l qoidasi — umr foydasi!” mavzusida mashg'ulotlar o‘tkazildi





















