Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari 260-sonli umumta'lim maktabida bo'ldilar

Tashrif chog'ida kuni kecha ingliz tilidan imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, 8 ball jamg'argan va IELTS sertifikatiga sazovor bo’lgan mazkur maktabning 7-“D” sinf o'quvchisi Aziza Hikmatullayevaga esdalik sovg'alari, gullar taqdim etildi.
Tuman bo'limi boshlig'i Suhrobbek Kirgizbayev shunday iqtidorli o'quvchini tarbiyalayotgan maktab ma'muriyati, pedagoglari hamda uning ota-onasiga o'z minnatdorligini bildirdi. O'z navbatida Aziza va uning sinfdoshlariga kelgusida chuqur bilim olib, yanada yuqori ilm cho'qqilarini zabt etishlarida omadlar tiladi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati
25.01.2026 / 02:01.Yunusobod tumanidagi 220-sonli umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi
15.01.2026 / 10:52.Yunusobod tumanidagi "Mehrjon" nomli 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Men askar bo'laman” shiori ostida bayram ertaligi bo‘lib o‘tdi
17.11.2025 / 08:34.Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda "Biz ko‘p millatli xalqmiz!" shiori ostida ko'rgazma va bayram festivali o‘tkazildi





















